Indesit VMSG 601 X 1 Instruções de Utilização Página 54

  • Descarregar
  • Adicionar aos meus manuais
  • Imprimir
  • Página
    / 60
  • Índice
  • MARCADORES
  • Avaliado. / 5. Com base em avaliações de clientes
Vista de página 53
Kir yuvish siklini bajarish tartibi
1. KIR YUVISH MASHINASINI YOQISH tugmasini
bosing; START/PAUSE indikatorining yashil chirog’i
yonib o’chib turadi.
2. KIRNI MASHINAGA SOLISH. Mashinaning lyukini oching.
Barabanga kirni solayotganingizda keyingi sahifada
ko’rsatilgan dasturlash jadvalidagi og’irlik me’yorini
inobatga oling.
3. KIR YUVISH VOSITASINI DOZALASH
Me’yorni o’lchaydigan dozatorni chiqaring va «Kir yuvish
vositalari va kir turlari» bo’limida ko’rsatib o’tilgan maxsus
katakchalarga kir yuvish vositasini soling.
4. LYUKNI YOPING.
5. DASTURNI TANLASH. DASTURLARNI tanlash tutqichi
yordamida kerakli dasturni tanlang; tanlangan dasturda
kiritilgan harorat va siqish tezligining ko’rsatkichlarini
o’zgartirish mumkin. Displeyda mazkur dasturni
davomiyligi ko’rsatiladi.
6. KIR YUVISHNING MAXSUS SIKLLARI.
Tegishli tugmalarni bosing:
Harorat va / yoki siqish tezligini o’zgartirish.
Tanlangan dastur uchun kiritilgan maksimal harorat va
siqish tezligi, hamda ushbu dastur bilan birga ishlaydigan
oxirgi tanlangan topshiriq avtomatik ravishda mashina
displeyida ko’rsatiladi. tugmasi yordamida asta-sekin
haroratni pasaytirish mumkin, agar “OFF” tanlansa sovuq
suvda ham kir yuvish imkoni bo’ladi. tugmasi
yordamida siqish tezligini asta-sekin kamaytirish va agar
”OFF” yozuvigacha oborilsa, umuman ushbu jarayonni
o’chirish mumkin. Agar ushbu tugmalarni qayta bosilsa
maksimal ko’rsatgichlari yana paydo bo'ladi.
! Istisno: 4 dastur tanlanganda harorat 90° gacha
oshirilishi mumkin.
Kechiktirish taymerini dasturlash
Tanlangan dasturni ishga tushishini kechiktirish uchun
mos tugmani bosib turib kerakli kechiktirish vaqtini
belgilang,
belgisi displeyda yonsa, funksiya ishga
tushganligini bildiradi. Bu funksiyani inkor etish uchun
tugmani «OFF” yozuvi chiqqunicha bir necha marta
bosing.
Kerakli kir yuvish tezligini tanlash.
mazkur tugma yuviladigan narsalarning kirligi
darajasiga va kerakli kir yuvish tezligini inobatga olib
yuvishni optimizasiya qilish imkonini beradi.
Yuvish dasturini tanlaganingizda sikl avtomatik ravishda
uncha kirlanmagan narsalarni yuvishga mo’ljallangan
“Regular” (doimiy) rejimini tanlaydi (“jun” sikli uchun bu
rejim qo’llanilmaydi, bunda avtomatik ravishda “Delicate”
(nafis) rejimi yoqiladi.
Juda kirlangan narsalarni tugmasini bosib turib
Inetsive” (jadal) rejimini tanlang. Ushbu rejim siklni
boshlang’ich fazasida ko’p suv miqdori, hamda ko’proq
intensiv mexanik harakati tufayli samarali kir yuvishni
ta’minlaydi, qiyin ketadigan dog’larni tozalaydi.  tugmasini
bosib turib ‘”Delicate” rejimini tanlang. Sikl mexanik
harakatini kamaytirib, nafis kiyimlaringizni a’lo darajada yuvib
beradi.
Sikl parametrlarini o’zgartirish.
Qo’shimcha funksiyalardan foydalanmoqchi bo’lsangiz
mos tugmani bosing, indikatori yonadi.
O’chirish uchun yana shu tugmani bosing, indikator
o’chadi.
! Agar tanlangan qo’shimcha funksiya ishlatmoqchi
bo'lgan dasturingiz bilan mos kelmasa, indikator o’chib
yonadi va funksiya ishlamaydi.
! Agar yangi tanlangan qo’shmcha funksiya hozirgacha
amalda bo’lgan funksiya bilan mos kelmasa, birinchi
funksiya indikatori o’chib yonishni boshlaydi va ikkinchi
funksiya indikatori yonib ishlab ketadi.
! Qo’shimcha funksiyalar tavsiya etilgan kir miqdorini
va/yoki sikl davomiyligini o’zgartirishi mumkin.
7. DASTURNI BOSHLASH. START/PAUSE tugmalarini
bosing, indikator yashil rangda yonadi va lyuk bloklanadi
(LYUK BLOKIROVKALANGAN belgisi paydo
bo’ladi). Sikl jarayonida dasturni o'zgartirish uchun
mashinani START/PAUSE tugmasi yordamida to’xtash
rejimiga o’tkazing (START/PAUSE indikator chirog’i sabzi
rangda yonib o’chadi). So’ngra yangi siklni tanlang va
START/PAUSE tugmasini bosing.
Siklni boshlab yuborganingizdan keyin lyukni ochish
zarurati tug’ilsa, START/PAUSE tugmasini bosing. LYUK
BLOKIROVKALANGAN indikatori o’chgandan keyin
lyukni ochish mumkin(taxminan 3 daqiqa kuting).
To’xtatilgan jarayonni yana START/PAUSE tugmasini
bosib davom ettirish mumkin.
8.
DASTURNI TUGATISH. Displeyda «END» yozuvi
paydo bo’lganda,dasturtugatiladi. LYUK
BLOKIROVKALANGAN belgisi o’chgandagina
lyukni ochish mumkin(taxminan 3 daqiqa kuting).
Lyukni oching, yuvilgan kirlarni olib qo’yib, mashinani
o’chiring.
! Joriy siklni inkor etish uchun tugmasini bir necha
soniya bosib turing. Sikl to’xtatiladi va mashina o’chadi.

Vista de página 53
1 2 ... 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60

Comentários a estes Manuais

Sem comentários